
Odil Hamrobekov Eron klubi taklifini rad etdi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov katta tanlov oldida turibdi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, "Persepolis" futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Bunyodkor"ga tavon pulini (taxminan 150-200 ming dollar) to‘lab berishga xam tayyor edi, ammo Hamrobekov taklifni rad etdi. Futbolchi legioner bo‘lish uchun boshqa variantlarni ko‘rishda davom etadi.
"Nasaf" esa, vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ratino "Dinamo"da qolgani bois, markaziy zonani kuchaytirish uchun "ajdarlar" sifatli ijrochi izlamoqda. Odil ularning "short list"idagi asosiy nishonlardan biri.
Fikrlar