Odil Hamrobekov uchun kurashga yana bir jamoa qo‘shildi
31 dekabr kuni "Navbahor" bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi Odil Hamrobekov jamoani tark etgani haqida xabar bergan edik.
Futbolchi uchun kurashga "Paxtakor" xam qo‘shildi. Bundan tashqari, 28 yoshli yarim himoyaini "Neftchi" va "Nasaf" ham jamoasida ko‘rishni istamoqda. Shuningdek, terma jamoa etakchisida legioner bo‘lish uchun ham variantlar bor.
Eslatib o‘tamiz, Hamrobekov joriy mavsum Superligada 23 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar