
Odiljon Aslonov ham o‘z jangini o‘tkazdi
Rossiyada boks oqshomi davom etmoqda. Biroz oldin 59 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shukurjon Rahimov g‘alaba qozongani haqida ma’lumot bergan edik.
Yana bir bokschimiz ham o‘z jangini o‘tkazdi. 75 kg vaznda Odiljon Aslonov tajribali raqibi Andrey Efremenkoni 4 raund yakuniga ko‘ra, mag‘lub etdi va jamoasiga qimmatli ochkolarni taqdim qildi.
Ushbu janglarning barchasi 4 raunddan iborat bo‘lib, yurtdoshimiz 40:36 hisobida g‘alaba qozondi. Shu o‘rinda, yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, musobaqa jamoaviy tarzda tashkil etilmoqda. Yurtdoshlarimiz taniqli bokschi Murat Gassiev jamoasidan o‘rin olgan.
Fikrlar