OFK bir qarorga keldi. May va iyun oyiga rejalashtirilgan o‘yinlar...

  • 14.04.2020 14:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus tufayli futbol uchrashuvlari may va iyun oylariga ko‘chirilgandi. Ammo o‘yinlar yana qoldirildi. Bu haqda o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev telergamdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

- OFK may va iyun oyida rejalashtirilgan o‘yinlarni keyinroqqa qoldirganini rasman e’lon qildi. Aslida, bu borada yangi hech narsa yo‘q. Endi karantin tugashini va mamlakat o‘rtasidagi havo yo‘llari aloqalari tiklanishini kutamiz. Keyin xalqaro musobaqalar haqida gapirish mumkin, - dedi Nikimbaev.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, 26 mart kuni Toshkentda o‘tishi belgilangan O‘zbekistonning Armaniston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsi hamda mundial saralashidan o‘rin olgan Yamanga qarshi 31 mart kungi bellashuv qoldirilgandi.

O‘zbekiston MTJning Armanistonga qarshi o‘rtoqlik, Yaman bilan rasmiy o‘yini qachon o‘tkaziladi? - Vadim Abramovdan javob

SPORTS.uz sayti muxbiri O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan tashkil etgan intervyusida mutaxassis Armaniston va Yaman terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarni mos ravishda iyun oyining to‘rtinchi va to‘qqizinchi kunlariga ko‘chirilganini, lekin baribir hammasi umumiy vaziyatning qanday tus olishiga bog‘liq ekanligini bildirgandi. Xalqaro sahnadagi o‘yinlarni qachondan boshlab o‘tkazishni FIFA hal etishi, shundan so‘ng OFK bu masalada bir to‘xtamga kelishi kerakligini bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!