
OFK kubogi. Bugun "So‘g‘diyona" musobaqadagi yurishini boshlaydi. Raqib qo‘shni Qirg‘iziston jamoasi!
Bugun OFK kubogida 1-tur uchrashuvlari start oladi.
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi "So‘g‘diyona" musobaqani Qirg‘izistonning "Neftchi" jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Dushanbedagi "Markaziy" stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, "bo‘rilar" "E" guruhidan o‘rin olgan. Kvartetda "Oltin Asr" va "TsSKA Pomir" jamoalari ham joylashgan.
Fikrlar