
OFK kubogi. OFK rasmiy sayti "So‘g‘diyona" futbolchisini musobaqa yulduzlari qatoriga kiritdi! (Foto)
Ertaga start oladigan OFK kubogi musobaqasi oldidan OFK rasmiy sayti turnir yulduzi bo‘lishi kutilayotgan futbolchilarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, vakillarimiz "So‘g‘diyona" safidagi Shohruz Norxonov qahramonlik ko‘rsatishga qodir, deb ko‘rsatilgan Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sahifasida.
Shuningdek, Shohruz bilar bir qatorda Altimurod Annadurdiev ("Oltin Asr"), Tursunali Rustamov ("Neftchi") Karomatullo Saidov ("Xo‘jand") va Aleksandr Mishenko ("Dordoy") kabi futbolchilar ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Fikrlar