
Ofsayd statistikasi: Mbappe peshqadam, Ronaldu beshlikda
"Pari Sen-Jermen" yulduzi Kilian Mbappe 2022 yilda top-5 ligada harakat qiluvchilar orasida eng ko‘p ofsaydda qolib ketgan futbolchi bo‘ldi.
Frantsiyalik hujumchi yil mobaynida naqd 38 bor o‘yindan tashqari holatga tushib qolgan. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni "Atletik" vakili Inyaki Uilyams hamda "Udineze" a’zosi Jerar Delafeu band etgan, ularning har ikkisida ushbu ko‘rsatkich 32tani tashkil etyapti.
O‘tgan yilni "Manchester Yunayted" klubi libosida o‘tkazgan Krishtianu Ronaldu bu borada 4-bo‘ldi. Portugaliyalik forvard 28 marta voqealar rivojidan ilgarilab ketgan. 5-o‘rin "Borussiya" hujumchisi Antoni Modestga tegishli.
Fikrlar