OKMK oʻrtoqlik oʻyinida Janubiy Koreya grandidan ustun keldi

  • 23.01.2026 19:58
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida olib borayotgan Olmaliqning OKMK klubi ilk nazorat oʻyinida Janubiy Koreyaning “Ulsan Hyundэ” klubini magʻlubiyatga uchratdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq “konchilar”ning koʻrikda boʻlib turgan hujumchisi David Skhirtladze gol urib, hisobni ochdi. 14-daqiqada Naoaki Senaga oradagi farqni ikkita oshirdi. Birinchi boʻlim davomida koreyslar bitta gol bilan javob qaytarib hisobni qisqartirdi. Ikkinchi boʻlimda raqiblar hisobni tenglashtirgan boʻlsada, Abubakr Rizo Turdialiev 80-daqiqada “konchilar”ni yana oldinga olib chiqdi 3:2. Uchrashuv yakunigacha darvozalariga boshqa gol urilmadi va OKMK ilk oʻyinini gʻalaba bilan yakunladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!