
OKMK yana bir futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
OKMK jamoasi bo‘lajak mavsum oldidan selektsiya ishlarini jadallik bilan olib bormoqda va klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Dilshodbek Ahmadaliev bilan klub shartnomani uzaytirdi. .
Shartnoma muddati 2 yilga mo‘ljallangan. Dilshodbek Ahmadaliev 2025-yilgi mavsum yakuniga qadar OKMK jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar