Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi!

  • 22.08.2021 13:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu yil 20 avgust kuni O‘zbekiston sport delegatsiyasi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun kunchiqar yurt Yaponiyaga jo‘nab ketgan edi.

Kecha vakillarimiz Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari uchun maxsus barpo qilingan Olimpiya qishlog‘iga joylashdilar. Shu kunning o‘zida Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi.

Mamlakatimiz sport delegatsiyasi a’zolari esa tezkor shtabda kichik yig‘ilish o‘tkazishdi. Unda bo‘lajak musobaqada munosib ishtirok etish hamda Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa hozirlash, buning uchun sportchilardan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zlarining bor mahoratlarini ishga solishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish borasida kerakli tavsiyalar berildi.

photo_2021-08-22_11-23-10

Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 25 avgustdan esa para atletlar musobaqalardagi ishtirokini boshlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!