
Omar Momanidan yangi karikatura
Premer-liga qaytmoqda!
Ushbu suratda Momani APL doirasida aylanayotgan eng dolzarb mavzularga e’tibor qaratgan:
1) Yana ikki turda g‘alaba qozonish evaziga "Liverpul" 29 yillik orzusi bo‘lmish, premer-liga chempionligiga erishadi;
2) APL startida ustoz-shogird dueli. "Manchester Siti" va "Arsenal" o‘yinida Pep Gvardiola shogirdi Mikel Artetaga qarshi bahs olib boradi;
3) Ushbu tur yana bir ustoz-shogird to‘qnashuvini taqdim etadi: "Tottenxem" ustozi Joze Mourino sobiq jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘ynaydi;
4) "Chelsi"ni hozir premer-liganing qaytishidan ham ko‘ra Verner transferi qiziqtiradi;
5) "Lester" xaloskori Jeymi Vardi ham karikaturada yoddan chiqarilmagan.
Fikrlar