O‘rtoqlik o‘yini. "Lokomotiv" Evropa klubi bilan durang o‘ynadi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Ruminiyaning "Petrokup" klubi bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yin 1:1 hisobida yakuniga etdi.
"Temiryo‘lchilar" safida Sanjar Tursunov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. U 90-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, "Lokomotiv" Turkiya yig‘ini doirasidagi ilk nazorat bahsida Rossiyaning "Volga" jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar