O‘rtoqlik o‘yinlari. "Arsenal" va "Chelsi"da g‘alaba, "Inter"da durang va boshqa natijalar
O‘rtoqlik o‘yinlari doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, "Arsenal" kecha "Everton" bilan kuch sinashdi. Unda londonliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Jezus va Saka mualliflik qildi.
"Chelsi" AQShda Meksikaning "Amerika" klubini sinovdan o‘tkazdi. 2:1 hisobida g‘alaba qozongan "aristokratlar" safida Verner va Maunt o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shimoliy Amerika jamoasi tarkibida yagona gol Jeyms (avtogol) hisobiga qayd etildi.
Shuningdek, "Inter" "Monako" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, "Milan" "Kyoln"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Quyida shu va boshqa uchrashuv natijalari bilan tanishing.

Fikrlar