O‘runov debyut qilgan uchrashuv tarixan muhim bo‘lib chiqdi

  • 31 avgust, 2020, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining oltinchi turi “Spartak” futbolchilari uchun unutilmas voqelik bo‘ldi.  Xususan, “Arsenal”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda debyut qilgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning qadami jamoasi uchun qutlug‘ keldi.

Tecno

Ushbu bahsda 2:1 hisobida zafar quchgan “Spartak” uch yilu uch oydan so‘ng ilk marotaba chempionat peshqadamiga aylandi. Moskvaliklar so‘nggi bor 2017 yilning 21 may kuni chempionat jadvalining birinchi pog‘onasida ko‘tarilgan edi. Yana taxtga qaytish uchun 1197 kun kerak bo‘ldi.

Ayni payda “Spartak” hisobida 14 ochko bor. Amaldagi chempioni “Zenit” oltinchi turdagi “Lokomotiv” bilan durangdan so‘ng bir ochkoga ortda qolmoqda. Kutilmaganda “Sochi” 12 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘runovning debyuti o‘xshadimi? (foto)

“Spartak” o‘yinini faqat O‘runov va Kokorin o‘zgartira oladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!