“O‘runov Neymarga qarshi o‘ynab yuribdi”: Rossiyaliklar Osiyoga o‘tmoqchi! (foto)

  • 2 oktabr, 2023, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoalari va klublari Evropa miqyosidagi musobaqalardan chetlatilganidan beri ushbu mamlakat futbol ittifoqi boshqa qit’a konfederatsiyasiga qo‘shilishi haqida juda ko‘p muhokama va munozaralar bo‘lyapti.

Tecno

Xususan, eng dolzarb masalalardan biri Rossiya futbol ittifoqining Osiyo futbol konfedertsiyasiga qo‘shilishi haqidagi fikr-mulohazalarning tobora ko‘payib borayotganidir. Bu mamlakat hududing katta qismi Osiyo qit’asiga to‘g‘ri keladi.

“Spartak” va Rossiya milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Sobolev UEFA tarkibidan chiqib, OFKga qo‘shilish haqidagi savollarga ham javob berdi.

upload-RIA_8320556-pic4_zoom-1500x1500-62841

– Milliy terma jamoamizning Kamerun bilan o‘ynashiga qanday munosabat bildirdingiz?

– Super. Uyda o‘ynashimiz juda zo‘r bo‘ldi. Kamerun juda kuchli va yaxshi jamoa.

– 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida o‘ynashingizga hali ham ishonasizmi?

– Avval mundialga yo‘llanma olish kerak. Hali ko‘ramiz.

–Osiyo qit’asiga o‘tish haqida qanday fikrdasiz?

–  Anig‘ini bilmayman. Osiyo futboli o‘zgaryapti. Bu qit’aga juda ko‘p top-futbolchilar ko‘chib o‘tdi. Biz bilan “Spartak”da bo‘lgan Oston O‘runov yaqinda Neymarga qarshi o‘ynadi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni ligasi qanday rivojlanayotganiga qarang. Agar Evropaga qo‘yishmayotgan bo‘lsa, nega Osiyoga o‘tib ketmasligimiz kerak?

neymar-al-hilal-cup-c1-chau-a2

Darhaqiqat, Oston O‘runov 2020 yilning boshida Toshkentning “Lokomotiv” klubidan Boshqirdistonning “Ufa” jamoasiga ko‘chib o‘tgandi. Rossiya Premer-ligasida yarim mavsum yuqori saviyada to‘p tepgan futbolchi yozgi transferlar vaqtida Moskvaning “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

Aslida Oston O‘runovni Premer-liganing deyarli barcha grand klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istagan edi. Biroq o‘sha paytda Ostonni “Ufa”ga olib ketgan Shamil Gazizov “Spartak” bosh direktori etib tayinlangan edi. Aynan mana shu mutaxassis tashabbusi bilan o‘zbek futbolchisi Rossiyaning eng mashhur klubi bo‘lgan “Spartak”ga ko‘chib o‘tdi.

Qisqa fursatda Shamil Gazizovning “Spartak”ning o‘sha paytdagi xo‘jayini Leonid Fedun bilan munosabati buzildi va u iste’foga chiqarildi. Gazizovning ketishi u bilan jamoaga kelgan Oston O‘runovning faoliyatiga ham ta’sir qildi.

Keyinchalik iste’dodli hujumkor futbolchimiz ijara asosida “Ufa”da to‘p tepdi. 2022 yilning sentyabrida “Spartak” ijaradan qaytgan O‘runov bilan shartnomani bekor qildi. Yarim himoyachi o‘sha paytning o‘zida “Ural” safiga o‘tdi.

Afsuski, Ekaterinburg klubida ham O‘runovning ishlari yurishmadi. Jamoa bosh murabbiyi bilan kelisha olmay qolganidan keyin “Ural” ham Oston bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Legionerlik faoliyati muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan Oston O‘runov yana yurtimizga qaytdi. Endi u o‘zining professional futbolchi bo‘lib etishishiga katta hissa qo‘shgan “Navbahor” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

oston8

“Navbahor” bu yil o‘z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etyapti. Musobaqaning birinchi turida namanganliklar Saudiya Arabistonida “Al-Hilol”dan bir ochko olib qaytdi. Neymar boshchiligidagi saudiyaliklar “Navbahor”ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan bazo‘r qutilib qoldi.

Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi

Shomurodovdan gol urishni talab qilishyapti!

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jamol Pasiev
28/09/2023 00:04
Ер юзидан йук киливориш кере Русслани нацист халк
бек тв
26/09/2023 20:31
1 сан итваччала камсан кел осие кучок очиб кутиб олади кейин япон корея онени омия тикади сан васялани
Akram Haedarov
26/09/2023 20:49
Saal qo'polroq bo'lsa ham to'g'ri aytasiz