Osiyo kubogi U-23da porlayotgan o‘zbekistonlik futbolchiga xorijdan qiziqishlar bor. Transfer tez orada amalga oshishi mumkin
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zosi Hojimat Erkinov faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin. Bu haqda upl.uz nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Erkinov tez orada Rossiya premer-ligasiga yo‘l oladi. "Paxtakor" klubi vakili transferlar mavsumida jamoasini o‘zgartiradi. U Moskvaning "Spartak" klubiga yo‘l olishi mumkin. Shuningdek, hamyurtimizga "Krasnodar" ham qiziqish bildirmoqda.
Ayni payt U-23 Osiyo kubogida ajoyib o‘yinlar namoyish etayotgan Hojimatning transfer narxi 400 ming evroga baholangan.
Shomurodov, Masharipov, Shukurov... O‘zbekiston MTJga chaqirilgan legionerlarning yangilangan transfer narxlari (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng qimmat futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa (Foto)

Fikrlar