
O‘smirlar Olimpiadasining rasmiy ramzi taqdim etildi
Joriy yilning oktyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o‘smirlar o‘rtasida uchinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan ushbu musobaqaning rasmiy ramzi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Pandi laqabli yaguar musobaqaning timsoli bo‘ladi.
Tashkilotchilar nega aynan bu hayvonni tanlashlariga izoh berishar ekan, avvalo, yaguar Argentina hududida keng tarqalgani va o‘smirlarni ham xuddi yaguar kabi epchil va chaqqon bo‘lishga intilishlarini aytib o‘tishdi.
Fikrlar