Oston O‘runov safga qaytdi

"Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runov jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Bu haqda "Sport Ekpress" xabar tarqatdi. Hamyurtimiz tayanch-harakat tizimidagi engil jarohat tufayli "Paxtakor"ga qarshi kechgan nazorat o‘yinida maydonga tushmagan edi.

Ma’lumot uchun, O‘runov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, foydali harakat amalga oshirmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!