O‘tgan mavsumni "Olimpik MobiUz"da o‘tkazgan futbolchisi "Qizilqum"ga qaytdi
Gʻiyosjon Rizaqulov yana «Qizilqum» ga qaytdi!
Yaqinda Saudiya Arabistoni davlati mezbonlik qilgan U-23 Osiyo kubogida terma jamoamiz tarkibida ishonchli harakat qilgan iqtidorli himoyachi Gʻiyosjon Rizaqulov endilikda “oltin izlovchilar” sharafini himoya qiladi. Futbolchi 2023 yildan beri ijarа asosida Toshkentning «Olimpik MobiUz» klubida toʻp tepib kelayotgan edi.

Fikrlar