
O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika hamkorlikda mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma olib, tarixiy natija qayd etdi.
Ayni paytda ekspertlar terma jamoaning o‘yinlari, ko‘rsatkichlari, natijalarini tahlil qilish bilan band. Bu jarayonda muxlislarni xursand qiladigan ma’lumotlar ham chiqyapti.
Xususan, Osiyo mintaqasi saralash turnirining uchinchi bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov hech qaysi hamkasbi uddalay olmagan ko‘rsatkichni qayd etdi.
Milliy jamoamiz bu bosqichda “A” guruhida ishtirok etdi. Uy-safar tizimida jami o‘nta uchrashuv o‘tkazib, oltita g‘alaba, uchta durang, bitta mag‘lubiyat bilan 21 ochko jamg‘ardi va saralash turnirini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Toshkent shahri mezbonlik qilgan beshta uchrashuvning hech birida raqiblarimiz – Eron, Shimoliy Koreya, Qirg‘iziston, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilari terma jamoamiz darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Uchta guruhdagi 17 ta mamlakat terma jamoasidan hech biriga beshtadan o‘tkazilgan uy uchrashuvlarida darvozasi daxlsizligini saqlab qolishni uddalay olmagan.
Ta’kidlash lozimki, terma jamoamizning asosiy posboni O‘tkir Yusupov Toshkentdagi beshta o‘yindan tashqari, safarda Birlashgan Arab Amirliklari va Shimoliy Koreyana qarshi o‘tkazilgan yana ikkita bellashuvni ham “quruq” o‘tkazgan.
Uchinchi bosqichda O‘zbekiston o‘nta bahsda 14 ta gol urib, o‘z darvozasidan ettita to‘p olib chiqdi. Terma jamoamiz bu bosqichda o‘z guruhida eng kam to‘p o‘tkazdi.
Mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichida ishtirok etgan terma jamoalar orasida eng kam gol o‘tkazgani Yaponiya bo‘ldi. Kunchiqar yurt vakillari o‘nta uchrashuvda o‘z darvozasidan atigi uch bor to‘p olib chiqdi.
O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalari darvozalari raqiblar tomonidan etti marotabadan ishg‘ol qilindi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining mundialga yo‘llanma olishida saralash uchrashuvlarida bir nechta xavfli zarbalar, hatto penaltilarni qaytargan O‘tkir Yusupovning ham hissasi juda katta bo‘ldi.
34 yoshli darvozabon “Mash’al” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yusupov faoliyatining katta qismini O‘zbekiston yuqori divizionida o‘tkazib, “Nasaf”, “Neftchi”, “Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” jamoalarida ham o‘ynagan.
2024 yilning iyulida o‘zbekistonlik golkiperni Eronning kuchli klublaridan “Fulad” o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Yakunlangan mavsumda O‘tkir Yusupov Eron chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shulardan 12 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O‘tkir Yusupovning “Fulad” klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilab qo‘yilgan.
Ularni eslab qoling! Mashhur agent qaysi o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni aytdi
AQShda Husanovdan “sensatsiya” kutishyapti!
Husanov Shomurodovni “taxt”dan ag‘dardi!
Fayzullaev Angliya klubi nishonida!
Mashhur legionerimiz jamoasini o‘zgartiradi!
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!
Fayzullaev: Skautlar argentinalik himoyachini ko‘rgani kelib, Husanovni olib ketishdi
Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...
Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!
Fikrlar