O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi, lekin aqlni ishlatmadik

  • 17.10.2020 19:01
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Mash’al" – AGMK uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgandik. Lekin pandemiya, FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffuslar futbolchilarni ritmdan chiqarib yuborayotgani ko‘rinib turgandi. Bugungi bahsni juda ham qiyin boshladik. O‘yinimiz ko‘ngildagidek chiqmadi. Biroq kurashlarga boy, jangovor o‘yin bo‘ldi, albatta. Birinchi taymda “Mash’al”ning xatosi tufayli hisobda oldinga chiqib oldik. Ritmga tushish uchun keyingi turlarda qo‘shib boramiz. Har doim katta tanaffuslar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin "Mash’al" jamoasi ham yaxshi harakat qildi, yigitlar o‘yinga chanqoq edi. Biroq yakunda tajriba o‘z so‘zini aytdi. Keyingi o‘yinlarda "Mash’al"ga omad tilayman.

"Nasaf"ning OFK litsenziyasidan o‘ta olmagani keyingi turda AGMK bilan bahsda ustunlik beradimi? Yo‘q, unaqa deb o‘ylamayman, bu holat hech kimning xayolida ham yo‘q. Har bir uchrashuvga doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz. Aytilayotgan gap keyingi yil uchun. Biz ertani o‘ylashimiz kerak. "Nasaf"ga qarshi bellashuv juda qiziqarli kechadi. Negaki, bu raqib yosh, o‘yinga chanqoq yigitlardan iborat. Berdiev ajoyib jamoa shakllantirgan. Medallar uchun o‘yin bo‘ladi, biz uchun "olti ochko"lik uchrashuvdir.

Bugun birinchi va ikkinchi taym kurashlarga boy o‘tdi, ammo aqlni ishlatmadik. Bunga bitta sabab – ritmdan chiqish... Kurashda yutqazganimiz yo‘q, biroq futbolda faqat kurash emas, aqlni ham ishlatish lozim, - dedi Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/10/2020 04:56
AGMK uyin kursatmadimi yoki uzi uyinni shumi. kup uyinlari kuraman umuman uyin yuq. shunchaki 5 ta uyinchi almashterish va zaminani uyinchilari ham tajribalik evaziga yutkanday lekin beron uyinni kurmadim. bir taktika yoki biron uyinga tashkillashterilgani. shu yil uzi Chempionat safiyasi pasmi deymanda. AGMK 2 uringa yurgani hisobka olsa shu uyinni bilan. ha nima bulganda ham Yosh va tajribasi sahal kamroq. lekin uyinni jihatdan kuchli klubka qarshi uynarkan bundan keyingi uyinga Nasafka qarshi uynarkan. ochigi Uzbekistonga har qancha maqtasa arziydi shu Nasafni.