O‘zbekiston chempioni professional boksdagi debyutini ajoyib g‘alaba bilan boshladi
Professional boksning o‘rta (-72,38 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan Odiljon Aslonov (1-0, 1 KO) debyut jangini muddatidan oldin g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
Rossiyalik Varazdat Chernikovga (11-15, 4 KO) qarshi ringga chiqqan Aslonov ikkinchi raundning 55 soniyasi ortda qolganida texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Jangning birinchi raundidayoq rossiyalik bokschi ikki marta nokdaun holatiga tushgandi. Uchinchi nokdaundan so‘ng esa u jangni davom ettira olmasligini bildirdi.
Shu tariqa 2019 yilgi O‘zbekiston chempioni Odiljon Aslonov professional boksdagi yurishini chiroyli g‘alaba bilan boshladi.

Fikrlar