
O‘zbekiston futzal terma jamoasi amaldagi Osiyo chempionlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi noyabr oyida ikkita bahs o‘tkazadi.
Yaqindagina milliy jamoamiz murabbiyi etib tayinlangan ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopez o‘zining debyutini ancha jiddiy raqib, amaldagi Osiyo chempionlari - Yaponiya termasiga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, o‘yinlar 22-23 noyabr kunlari Toshkentdagi Yunusobod Sport majmuasida soat 19:00da start oladi. Bellashuvlarni arenadan kuzating, kirish mutlaqo bepul.
Fikrlar