
O‘zbekiston futzal terma jamoasi eng yaxshi nomi uchun nomzod!
Futzal olamida nufuzli hisoblangan Futsalplanet.com sayti tomonidan muntazam ravishda yilning eng yaxshilari aniqlab kelinadi. Bu galgi “Futsalplanet Awards” marosimi oldidan turli nominatsiyalarda 2021 yilning kuchli o‘nliklari e’lon qilindi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston futzalchilari ham bor.
Xususan, dunyoning eng yaxshi futzal jamoasi nomi uchun kuchli o‘nlikda O‘zbekiston milliy terma jamoasi qayd etilgan. Futzalchilarimiz bilan birga ushbu ro‘yxatdan Argentina, Bosniya-Gertsegovina, Eron, Yaponiya, Qozog‘iston, Marokash, Portugaliya, Slovakiya va Venesuela terma jamoalari joy olishgan.
Yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi nominatsiyasida esa, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov kuchli o‘ntalikdan joy oldi. Jahon chempionatida yorqin va irodali o‘yin ko‘rsatgan futzalchilarimiz va murabbiylar shtabiga bu yana bir munosib e’tirof bo‘lganini ta’kidlab o‘tish kerak.
Fikrlar