
O‘zbekiston kubogi. Bugungi o‘yinlardan so‘ng ikki guruhdagi holat bilan tanishing! (Foto)
Bugun O‘zbekiston kubogida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ahamiyatlisi, uchala bahs ham durang natija bilan yakun topdi.
Dastlab, "Neftchi" o‘z maydonida "Bunyodkor" bilan murosa ko‘chasini tanlagan bo‘lsa (0:0), keyinroq "Metallurg" "Yunired" bilan arang durangga imzo chekdi - 2:2. Kunning so‘nggi bellashuvi "Buxoro" va "Turon" jamoalarining 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan nihoyasiga etdi.
Marhamat, quyida "C" va "D" guruhidagi ilk turdan keyingi holat bilan tanishing.
Fikrlar