O‘zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" o‘yini boshqa sanada va boshqa stadionda o‘tadi

  • 11 avgust, 2022, 13:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda «Bunyodkor» stadioni chimini yangilash ustida ish olib borilmoqda. Shu boisdan «Bunyodkor» jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini boshqa o‘yingohda o‘tkazishi lozim.

Tecno

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi «Bunyodkor» — «Lokomotiv» uchrashuvi mezbon klubning O‘zPFLga taqdim etgan xatiga asosan, Olmaliq shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Buni inobatga olgan holda O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan joy olgan mazkur uchrashuv avvaldan belgilanganidek 22 avgust kuni emas, balki 21 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi. Sababi Olmaliqdagi stadion 23 avgustda «Surxon» — «Nasaf» uchrashuvini ham qabul qilishi kerak.

«Bunyodkor» — «Lokomotiv» o‘yini 21 avgust, yakshanba kuni Olmaliqdagi «OKMK» sport majmuasida soat 19:00 da boshlanadi. 

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!