O‘zbekiston kubogi finali qaysi stadionda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 14.10.2019 12:52
  • Bekzod Isayev
  • 11
  • Futbol

2019 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi 26 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yarim final uchrashuvlari natijasiga ko‘ra AGMK hamda “Paxtakor” klublari final chiptasiga ega chiqishgandi. Mazkur klublar bir yil avval ham hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, yakunda AGMK o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylangandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubok finalini yuqorida saviyada tashkil etish maqsadida, shuningdek, har ikki jamoa muxlislarida final o‘yinini bevosita stadionidan tomosha qilish uchun imkoniyat ko‘proq bo‘lishini inobatga olib, final bellashuvini “Lokomotiv” stadionida o‘tkazish variantida to‘xtaldi. Uchrashuv 17:00 da start oladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Final o‘yini oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda klublarning etakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. O‘yinoldi tadbirlar manzili yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Lochin79
14/10/2019 15:21
Ravshan aka saudiya bilan uyinni navbahor stadionida utqazing .vodiy ham bir terma uyinini uzida utkazsin.qachongacha poytahtda buladi.hamma narsadan qisib tashlamayla sizlar ham davlat singari
&
Surxon turon
14/10/2019 16:13
Кубогингаям стадиёнингаям стадиёнингни дерикторигаям
&
Lochin79
14/10/2019 15:28
Agmkga 100%kubokni oladi.tarih qaytarilyapti.homiy bitta .ikki komandasi ham osiyo yullanmasini olishini hohlaydi.bu uzbek futboli,uzbek moduli.hamma narsani kutsa buladi
&
Lochin79
14/10/2019 15:17
Kuramiz 2ta karnaychi,2ta surnaychi stadionda buladi.yoki studentlarni majbur olib kiradi bular
Ahat Rahmanov
14/10/2019 18:22
Bu maydon kattalik qiladiyuu finalga Bironta Maktab maydoni ham bulaveradi baribir Muhlis kirmaydiii
????????????????????????
&
Lochin79
14/10/2019 15:16
Kun tugsa ham poytahtga ,oy tugsa ham poytahtga .muhlis yuq stadionga nima kerak futbol.undan kura vodiyga ,vohaga yoki samarqandga berish kerak edi.bizda fitbol qutoqni ham rivojlanmaydi.hamma narsani poytahtga tiqaverib,futbolni ham tiqib tashladi bular
Dilshod Muratov
14/10/2019 13:06
Agar utgan yilnikidek uyda safarda bulganda Nasaf finalga chiqardi.
Абдусамат Жураев
14/10/2019 12:56
Бум буш булмасаям 26 та Пахтакор мухлиси ва 19 та Агмк мухлиси журналистлар ва туп тутиб берувчи болакайлар бор ана 100 та одам ва мухлислар ЭСИЗ
&
Muhammad2002
14/10/2019 18:36
Ex odamlar qandoq qilib uzlarini aldaysizlar uff 100 foiz agmka oladi chunki uzbda 2 ta kamandadan b9shqa kamanda oynash taqiqlanadi osiyoda xa erkak erkaklar 2070yilada vodiy xamda voxadan chempionlikni berishadi ungacha shu kamandala guruxdan chiqa olmay yuraveradi paxtayam boshqa toshkent kluplblariyam yo aqali vodiyga berila 1 yil chempionlikni osiyoda oynashni orgatib dars berib qoyadi
Абдусамат Жураев
14/10/2019 12:52
Наманган зур вариянт эди стадион тула мухлис футболчила кайп уйнайдир Бумбуш уйингохда финал язшимас Равшанжон
Dilshod Muratov
14/10/2019 13:06
Pahtakor kubogni olishi aniqku.
Yil boshidan uje plan tuzub chiqilgan va plan buyicha xammasi maromida ketmoqda?
&
Lochin79
14/10/2019 15:26
Bu yil ham agmk oladi.chunki kelgusi yil agmk ham osiyoda uynashi kerak.ikkovini homiysi birku.pahtakor agmk ni ham osioga olib chiqadi.bu 100%.tarih qaytarilyapti.bu uzbek futboli hamma narsa kutsa buladi
Dilshod Muratov
14/10/2019 20:47
Tugri.
Uzbek futbolidan xar narsani kutsa buladi