O‘zbekiston kubogi guruhidan nechta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kundan so‘ng O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi start oladi. PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev har bir guruhidan nechta jamoa keyingi bosqichga yo‘l olishi haqida fikr bildirdi.

"Kubok guruh bosqichida 24ta klub 6 guruhga bo‘lingan. Guruh uchrashuvlari yakuniga ko‘ra har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa 1/8 finalga yo‘llanma oladi. Shuningdek, guruhlarda eng yaxshi uchinchi natija qayd etgan yana ikki klub ular safiga qo‘shiladi.

AGMK va "Paxtakor" klublari Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotganidan kelib chiqib, ular musobaqaga 1/8 final bosqichidan e’tiboran qo‘shiladi", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!