
O‘zbekiston kubogi. "Metallurg" Pro-liga debyutantini enga olmadi
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"C" guruhi ishtirokchisi "Metallurg" bugun "Yunired"ga qarshi maydonga tushdi. Bekobodda bo‘lib o‘tgan o‘yinda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi.
Mezbonlar safida gollarga Husniddin G‘ofurov va Ibrohim Ibragimov mualliflik qildi. Mehmonlarning ikki goli Asomiddin Mamatov hamda Murodjon Shamsiddinov nomiga qayd etildi.
Fikrlar