
O‘zbekiston Kubogi. "Nasaf"ning finaldagi raqibi penaltilar seriyasi orqali aniqlandi
O‘zbekiston Kubogi yarim final bosqichi doirasidagi ikkinchi qarama-qarshilik nihoyasiga etdi. Unda "Navbahor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
O‘yinning asosiy vaqtida ham, qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob ochilmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida "Navbahor"ning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa, "lochinlar" final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endi ular Buxoro shahri mezbonlik qiladigan final uchrashuvida bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Fikrlar