O‘zbekiston Kubogi. "Paxtakor" - "Bunyodkor" o‘yiniga oid siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

  • 23.11.2021 13:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘z tarixida 17-bor O‘zbekiston Kubogida finalida o‘ynash uchun "Paxtakor" yarim finalda "Bunyodkor" qarshiligini engishi zarur bo‘ladi.

"Paxtakor" va "Bunyodkor" kubokdagi eng muvaffaqiyatli jamoalar sanaladi. Ular hisobida birgalikda 17 bosh sovrin va 25 final mavjud. Bu esa ushbu yarim finalning qanchalik qiziqarli o‘tishini ko‘rsatib turibdi. "Sherlar" 16 bor kubok finallarida o‘ynab, ulardan 13tasida g‘olib bo‘lgan. "qaldirg‘ochlar" esa 9 finaldan 4tasida zafar quchgan.

Jamoalar kubok doirasida 7 bellashuvda o‘zaro to‘qnash kelishgan. 2 o‘yinda "Paxtakor", 4 bahsda "Bunyodkor" g‘alaba qozongan va bir uchrashuvda durang qayd etilgan. "Paxtakor" 6 gol urib, 11 to‘p o‘tkazib yuborgan.

O‘yinni jamoalardan diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar mavjud emas.

O‘yin 24 noyabr, chorshanba kuni soat 17:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!