O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor", "Nasaf" va AGMK nimchorak final o‘yinlarini o‘tkazdi

  • 19.08.2021 21:15
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan 3 uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Toshkentda "Turon"ni qabul qilgan amaldagi chempion "Paxtakor" so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini kiritdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Hojimat Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

7 ta gol urilgan AGMK - "Neftchi" o‘yinida olmaliq klubi 6:1 hisobida zafar quchdi. Martin Boake xet-trik muallifiga aylangan bo‘lsa, Fortes va Tursunov bir marotabadan to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abdulloh Olimovning avtogoli AGMKning 6-goli sifatida qayd etildi. Farg‘onaliklar tarkibida Eshich bu gollarga bir marotaba javob qaytara oldi.

Kichik kambek uyushtira olgan "Nasaf" ham chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Metallurg"ga qarshi kechgan bellashuvning birinchi taymidan so‘ng 1:2 hisobida ortda borayotgan "ajdarlar" yakunda 5:2 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Kaluderovich dubl muallifiga aylandi, Norchaev esa, xet-trikni nishonladi. Bekobodliklarning ikki golini Tojiev va Rahmatullaev kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/08/2021 21:46
Nasaf uynasa haqiqatdan kuchli lekin. chunki Loka Pahtakor yutqazgan bulsa ham har taraflama kuchlilik qildi lekin Nasaf. uzi Nasaf har yili kuchadi keyingi yil Nasafdan yo uyinchi ketadi yo pul tortiladi. shuni evazi Nasaf yana shakllanadi. yilni ohiriga Nasafka uyin taraflama kuchi etadigan klub qolmaydi. lekin bir tarafdan hursand bulish kerak Nasaf Sungi 10 yildaki Uzbek fudboli yozi bulib qoldi. qancha qancha uyinchi etkazib berapti. bu yil Pahtakorga yana 2 ta uyinchi berishi kerak. chunki Nasaf qancha qiynalsa uyinga shuncha yahshida. kelajakka. Metalurk chempionatka Nasafni Durak gollari evaziga yutuvdi. bulmasa Nasaf har taraflama ustun uynovdi. shunchaki Nasafka bolalari yosh yoqoridam tup oshirsa qupollik qilib tupni olishni bilmaydi Gavdasi kichik shundan kupincha raqib jamoalar foydalanib ketadi. chunki hamma klublarga himoyasiga qariyala uynaydi. masalan oddiy misol Pahtakorga qarshi uyinga Sherzod Azamov Husniddinni oyogini bosdi nagli. kulgulis VAR kurib ham chiqmadi bulmasa bechora Husniddin yolvorib suradi sudiyadan sudiya bulsa parvo ham qilmay Husniddinga sariq berdi unoqa bulganidan keyin uzbek fudboli qanday kuchaysin. uyinchila ham keyin qulini seltap tashlap quyadi Uzbek fudboliga ham poliaysiga ham deb. nomiga uynap yuraveradi. oylikni olsam buldi deb