O‘zbekiston kubogi. "Qo‘qon-1912" 5 ta gol urilgan bahsda keyingi bosqich masalasini hal qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Do‘stlik" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Mezbonlarning 4 goli Jamshid Xasanov (dubl), Oybek Rustamov va 17 yoshli Murod Komilov nomiga qayd etildi. Mehmonlar bu gollarga javoban Mo‘ydin Mamazulunovning yagona goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi. "Do‘stlik" hisobida hali ochko mavjud emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!