
O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...
2026 yilgi jahon chempionatida ilk bor 48 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi. Hozirgacha uchta mezbon – AQSh, Kanada va Meksikadan tashqari 15 ta milliy jamoa mundial yo‘llanmasini naqd qilgan.
Jahon chempionatiga chiqib bo‘lgan terma jamoalar orasida futboli eng kuchli hisoblangan Evropa vakillari yo‘q. “Ko‘hna qit’a”da saralash turniri endi qizg‘in pallaga kirdi. Turnir tashkilotchilari yana 30 ta yo‘llanma egalari aniq bo‘lishini kutyapti.
Shunga qaramay, Evropa futbolining nufuzli manbasi – GOAL.COM sayti bo‘lajak jahon chempionati favoritlari reytingini tuzib chiqdi. E’tiborli jihati shundaki, bu reytingga hali saralash turnirlarida kurashni davom ettirayotgan terma jamoalarga ham o‘rin berildi.
Mazkur manba ekspertlari reytingda birinchi pog‘onaga amaldagi Evropa chempioni – Ispaniya terma jamoasini loyiq ko‘rgan. Keyingi o‘rinda avvalgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Argentina terma jamoasi joylashgan.
Kuchli uchlikni o‘ta kuchli tarkibga ega Angliya milliy terma jamoasi egallab turibdi.
GOAL.COM ekspertlari tuzgan ro‘yxatga O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham kiritilgan. Yaqinda “CAFA Nations cup 2025” xalqaro turnirida g‘olib chiqib, yangi asrdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgan bosh jamoamiz favoritlar reytingida 25-pog‘onani band etgan.
Hozircha, 27 ta terma jamoa nomi ko‘rsatilgan umumiy reyting quyidagicha ko‘rinishga ega.
1. Ispaniya
2. Argentina
3. Angliya
4. Portugaliya
5. Frantsiya
6. Germaniya
7. Niderlandiya
8. Braziliya
9. Marokash
10. Ekvador
11. Koreya Respublikasi
12. Yaponiya
13. Urugvay
14. Xorvatiya
15. Belgiya
16. Kolumbiya
17. Italiya
18. Meksika
19. Paragvay
20. Kanada
21. Avstraliya
22. Eron
23. AQSh
24. Tunis
25. O‘zbekiston
26. Iordaniya
27. Yangi Zelandiya.
23-marotaba tashkil etilayotgan navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan boshlanadi va 19 iyulga qadar davom etadi. Hozirgacha yo‘llanmani qo‘lgan kiritganlar orasida O‘zbekiston va Iordani ilk bor mundialda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ladi.
Husanov bormi? Gvardiola kimlar o‘ynamasligini aytdi
O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...
Kutib oling, Husanov keldi!
EChL oldidan Husanov va 12 futbolchi “xavf” ostida!
Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”
Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?
Fikrlar
сайт ходимлари, каёгингиз уйлайсизлар?
фаворит дегани хеч булмаганда уртадан тепа булиши керак эмас-ми?
охиридан 3-урин фаворит булиши учун 4тагина жамоа булиши керак