O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi yangi raisi paradzyudochilar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi yangi raisi Muxtorxon Tashxodjaev Tokio-2020 Paralimpiya O‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha sportchilar bilan yaqindan tanishdi.
Xabaringiz bor joriy yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari xisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi, unda Muxtorxon Maxsudovich Tashxodjaev O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining yangi raxbari etib saylandi.
Bugun Toshkent shahrida joylashgan Paralimpiya Markazida para-dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan o‘quv- mashg‘ulot yig‘iniga Assotsiatsiyaning yangi raxbari Muxtorxon Tashxodjaev tashrif buyurdi va terma jamoamiz a’zolarining tayyorgarlik jarayonini kuzatdi. Mashg‘ulot davomida para-dzyudo bo‘yicha Bosh murabbiy Sayidov Shamsiddin yangi raxbarga sportchilarni tanishtirib o‘tdi va 2-9 sentyabr kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo va Okeaniya chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishayotganini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Muxtorxon Tashxodjaev chempionatda ishtirok etadigan paralimpiya sportchilariga omad va zafarlar tiladi.



Fikrlar