
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashlaridagi 50-g‘alabasida 5:0 hisobida zafar quchdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 3-turida Yamanni qabul qildi va yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. E’tiborlisi, ushba natija O‘zbekiston futboli tarixiga kirdi.
Vadim Abramovning O‘zbekiston MTJdagi g‘alaba va mag‘lubiyatlari soni tenglashdi. Statistika
Qizig‘i shundaki, vakillarimiz mundial saralashidagi ilk g‘alabasini ham aynan Yamanni taslim etish orqali qo‘lga kiritgandi. O‘shanda hamyurtlarimiz raqib darvozasini bir marta ishg‘ol etishgandi - 1:0.
Shundan beri jahon chempionatining 7 ta saralash va hozirgi bahslarni qo‘shganda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 96-o‘yinini o‘tkazdi va 50-g‘alabasiga erishdi. 50-g‘alabada 5:0 hisobi qayd etildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralashlaridagi natijalari:
96 o‘yin
50 g‘alaba
19 durang
27 mag‘lubiyat
To‘plar farqi: 182-97 vakillarimiz foydasiga.
Fikrlar