BEPUL PROPAN

Saytimizda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga doir ayrim fikr-mulohazalarimizni o‘rtoqlashishni davom ettiramiz.

Kuzatishimizcha, bugungi kunda terma jamoaga xorijdagi legionerlarimizdan tashqari, asosan “Paxtakor”dan futbolchilar chaqirilmoqda. Bu esa, “Paxtakor” yana terma jamoa o‘zagiga aylantirilayotganidan dalolat beradi.

Xo‘sh, nega aynan “Paxtakor”?

Vadim Abramovning “Bunyodkor”i yoki ko‘p yillardan buyon samarali ishlayotgan Ro‘ziqul Berdievning “Nasaf”i bunga loyiq emasmi, deydiganlar ham topiladi. Keling, bu savolga javob topishga bir urinib ko‘raylik.

“Paxtakor” tarkib jihatidan boshqa jamoalardan ancha kuchli. Bu  futbolchilarning saviyasi, klubning moddiy-texnik bazasi, yaratilgan sharoitlar, moliyaviy imkoniyat va boshqa qator omillarga bog‘liq. Bir qarashda hammasi binoyidagidek. Lekin “sherlar” hali xalqaro maydonda o‘zlarini ko‘rsatishganicha yo‘q.

Har bir chizig‘ida terma a’zosi yoki unga nomzod futbolchini jamlagan bu jamoa katta salohiyatga ega bo‘lganiga qaramay, ichki chempionatda ham asosiy raqobatchilariga qarshi o‘yinlarda o‘z ustunligini yaqqol namoyish eta olmayapti. Misol uchun, bu yilgi Superliganing 1-turida “Navbahor” bilan uchrashuv qanday o‘tganini ko‘pchilik ko‘rdi. Markaziy uchrashuvda “sherlar” yutgan bo‘lsa-da, namanganliklar mag‘lubiyatga munosib emasdi, deydiganlar etarlicha topiladi. Ushbu o‘yinda hakamlar xato qildi, deb bong urildi. Aslida esa “Paxtakor” darajasidagi jamoa nimalarga qodirligini 90 daqiqa ichida ko‘rsatib, hech qanday savol va e’tirozga o‘rin qoldirmasligi kerak edi.

O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqish uchun Saudiya Arabistoni va Yaponiya tajribasini qo‘llagani ma’qulmi?

581582805730_1

Natijaga murabbiy mas’ul. Shota Arveladze “Paxtakor”ga kelganidan keyin jamoada ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Har tomonlama o‘sishni ko‘ryapmiz. Ammo gruziyalik mutaxassis taktika borasida kuchli raqiblar qarshisida ojiz qolmoqda.

Arveladzega murabbiylikdan ko‘ra ko‘proq menejerlik mos keladi. U barchasini professionallarcha boshqaradi, menejer sifatida, albatta. Murabbiylik borasida hali o‘rganadigan ishlari etarli. “Paxtakor” xalqaro standartlarga mos aniq va ravshan tizimni qurmoqda. Shota Arveladze Evropada futbolchi va menejer sifatida tajribaga ega. Shu bois ayni paytda uning klubda murabbiylikdan ko‘ra menejerlikdagi ishlari tahsinga loyiq.

9271583690803

...Milliy terma jamoa murabbiyligi haqida gap ketganda, bizga himoyaviy taktikani ham qo‘llay oladigan mutaxassis kerak, degan xulosaga keldik. Himoyaviy uslub emas, himoyalanishni biladigan murabbiy. Chunki kuchli terma jamoalarga qarshi ko‘pincha himoyaviy taktikada o‘ynaymiz. Nufuzli musobaqalar yo‘llanmasi esa aynan o‘sha o‘yinlarda hal bo‘ladi. Biz esa har gal hujumkor o‘yin uslubimiz bilan kuchsiz va o‘rtamiyona jamoalarni qaqshatgan holda, hal qiluvchi bahslarda kuchli raqiblar hujumidan pand eb qolaveramiz.

Xalqaro maydonda aynan himoyaviy uslubi orqali maqsadiga etayotgan jamoalar talaygina. Bunga Eron, Italiya yoki “Chelsi”ni misol qilish mumkin. Forslar Karlush Keyrush davrida grandlarga qarshi bahsda himoyaviy taktika evaziga g‘alaba qozonardi va shu taktika samarasida biz uchun orzu bo‘lgan mundialda ham to‘p tepdi. Italiya jahon chempionligiga shu yo‘l bilan erishgan. “Chelsi” borasida ham shu gap. Londonliklar Roberto Di Matteo boshchiligida “Barselona”ni Kataloniyada qanday ortda qoldirib ketgani yodingizdadir!

i

Shuning uchun ham, boy tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston milliy terma jamoasining avvalgi murabbiyi Ektor Kuper himoyaga e’tibor qaratgandir. Ammo u futbolchilar bilan til topisha olmagani, kuchsiz raqiblar bilan o‘yinlarda ham himoyalangani uning yurtimizdagi faoliyatiga yakun yasalishiga sabab bo‘ldi. Biz bugun zamonaviy taktikalarga boy murabbiyga muhtojmiz.

To‘g‘ri, o‘zimiz Vadim Abramovni tanladik. U shiddatli o‘yin va o‘zbek futboliga mos hujumkorlikni yaxshi ko‘radigan murabbiy. Lekin katta o‘yinlarda faqat hujum bilan ish bitmasligi, himoya muhim ekani  Toshkentda Saudiyaga qarshi o‘yinda yana bir karra namoyon bo‘ldi.

Xo‘sh, “Paxtakor”ning terma jamoa o‘zagiga aylantirish o‘zini oqlaydimi? “Paxtakor”ning maqsadi nima? Terma jamoaga o‘yinchi tarbiyalab berishmi yoki Osiyo Chempionlar ligasini zabt etishmi?

To‘g‘risi, Osiyoning eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqish uchun “Paxtakor” tarkibini keskin kuchaytirishi kerak. Iloji bo‘lsa, oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay oladigan va ko‘zlangan natijani beradigan kuchli legionerlar hisobiga. Chunki yurtimizdagi eng iste’dodli futbolchilarning aksariyatini “Paxtakor” o‘ziniki qilib bo‘lgan. Buyog‘iga jamoani faqatgina zo‘r legionerlar bilan kuchaytirish mumkin xolos. Katta umidlar bilan olib kelingan Eren Derdiyok esa nafaqat xalqaro maydonda, balki Superligada ham o‘zini ko‘rsatolgani yo‘q.

4291583690804

“Paxtakor”ni terma jamoa o‘zagiga aylantirilishiga kelsak, bu tajriba sobiq ittifoq davridan beri bor. Lekin biror marta kutilgan natija berganini bilmaymiz. Xususan, futbolimiz tarixida ham terma jamoa futbolchilarini “Paxtakor”, “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” tarkibida jamlash kuzatilgan.

Mana yana “Paxtakor” bu sharafga musharraf bo‘ldi. Balki “Paxtakor” terma jamoa asosiga aylantirilmoqda, deb biz xato o‘ylayotgandirmiz. “Paxtakor” yurtimizdagi eng yaxshi futbolchilarni jamlagani uchun terma jamoaga asosan shu klub vakillari jalb etilayotgandir. Afsuski, bu butun dunyoda kuzatilmoqda va oddiy holga aylangan. "Bavariya" bunga yaqqal misoldir. O‘z navbatida boshqa klublar milliy terma jamoa uchun munosib futbolchilarni tayyorlay olmayaptimi, degan savol ham paydo bo‘ladi.

Bizningcha,  terma jamoamizni jahon chempionatida ko‘rish uchun, eng avvalo, muhim o‘yinlarda g‘alaba qozonishni biladigan murabbiy kerak. U kim bilan hujumkor, qaysi jamoa bilan himoyada qanday o‘ynashni aniq bilsin. To‘qson daqiqa hujum qilib, so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib, g‘alabani raqibga tortiq qilaverish o‘zbek futbolining etaloniga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Qolaversa, raqobatbardosh futbolchilarni etishtirish zarur. Buning eng tezkor echimi iqtidor egalarini xorij chempionatlariga chiqarib yuborishdir. Oddiy misol, Jasurbek Yaxshiboevning Belarus chempionatiga o‘tgani barchaning e’tiborini unga qaratdi. Jaloliddin Masharipovdek yanada o‘sishi mumkin bo‘lgan va terma jamoaga katta foydasi tegadigan ijodkor o‘yinchi esa transfer summasining kattaligi tufayli bor mahoratini ichki chempionatda ko‘rsatishga mahkum. Bu erda o‘rganadigani qolmagan futbolchi yana qancha o‘sishi mumkin?! Shu tariqa, qanchadan qancha iqtidorlar o‘zini ko‘rsatolmay so‘nib ketganini siz yaxshi bilasiz.

photo_2020-03-27_23-52-15

Insof doirasida aytadigan bo‘lsak, doimo legioner futbolchilar terma jamoamizni qolgan a’zolarini o‘z ortidan etaklagan. So‘nggi yillarda  terma jamoa lideri bo‘lgan Maksim Shatskix, Server Jeparov, Odil Ahmedov kabi futbolchilar aynan legioner maqomida bu mavqega erishgan. Bugun Odil Ahmedovdan etakchilik bayrog‘ini Eldor Shomurodov olishi kutilmoqda. Biz esa Odil va Eldorga ham jahon chempionati armon bo‘lib qolmasligini istaymiz...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shakhabuddin Mamadaliev
29/04/2020 21:06
ПЛОТНАЯ ИГРА ЗАЩИТНИКОВ В ФУТБОЛЕ.
Защитники должны играть не на мяч (как общепринято), а на тело - вплотную, плотно, синхронно, зеркально сопровождать тело соперника (опека с прессингом). Так, при этом становится физически невозможным удар соперника в створ ворот и точный пас. Пример берите у московского Локомотива (2020).
&
ахмад49
30/04/2020 18:34
Бекзод Исаев Пахтакорни зур мактагансизу яна бир томонини айтмагансиз яъни хакамларнинг Пахтакор томонида туриб хакамлик килишини,бу холат Ахмаджонов даврида авж олган эди,хозир хам давом этмокда.
Davron Jenjayev
30/04/2020 15:54
shota xechqanaqasiga yaxshi murabbiy emas bu tarkibni manxam chempion qila olaman
Рустам Содиков
02/06/2020 16:44
Нуъмон нима килди? Уша таркиб эдию!
Shakhabuddin Mamadaliev
29/04/2020 21:05
ПЛОТНАЯ ИГРА ЗАЩИТНИКОВ В ФУТБОЛЕ.
Защитники должны играть не на мяч (как общепринято), а на тело - вплотную, плотно, синхронно, зеркально сопровождать тело соперника (опека с прессингом). Так, при этом становится физически невозможным удар соперника в створ ворот и точный пас. Пример берите у московского Локомотива (2020).
Ibpax Ibragimic
29/04/2020 20:55
Жонини кийнашни холамиди бу рахбарлар канчадан канча яхши футболчилар бор юртимизда излансин истасин натижа келтирадиган футбол севадиган боларди олсин эди Яна термани йигиб супер лигани камандалари Билан Бир катор уйнатиш керак шунда синовдан утсан мавкей юкори камандалар Билан уйнатиш керак бошликлар пуларди еб йотрмасдан керак буса шу барскн реал Билан бирга шугиланиб бирга турса анча мудат шунда узгариш булармиди жониниберадигон болар жуда куп имкон бериш керак буларга шу кузи курганларди уйнатса булди жон куйдиринглар узбек футболи сизларга ахамятга эга буса виждонларинг кийлансин

Rostgo'y
29/04/2020 19:23
Exxe paxtakor kuchlik uyinchilani yigdi dangasa qip quydi bunga sabab xakamla doim yarafini oladi masalan mana birinchi turni eslabsila navbaxor uyin bermadi juda zor ximoyalandi ikki qator bulip bitta paxtakor uyinchisini uchta uyinchi yopip quydi noxaqlik evasiga yutip ketdi buxoro bilan bugan uyin xam bunga misol xakam uz ishini isyasi birinchi goldagi qoida buzqrlikni inobatka olmadi paxtakor lokomotivla uzimizda juda kuchlik ammo xalqaro maydonda uynolmayapti yiqilip tushsa xam xakamga qaraydi topka yetolmasayam xakamga qaraydi undan kura yugurishi kerak aslida raqobatti kuchaytirish kerak xamma klublarda ana ushanda daraxt uz mevasini beradi raqobat bulsa fudbol usadi ana ushanda xar bitta klubdan kuchlik kuchlik uyinchilani termaga olinadi bu paxtakorri uzi bn buladigan narsamas mundialga chiqish avval ochl da uzoqroqqa borvolsin shotani maqtapsila mutlaqo qushilnayman kanchelskis undan kuchlik murabbiy shota bollani dangasa qip quydi kutiha chopak tiqip yugurtirip iynatmayapti xammasi xakammi mevasi bu yutuqlari
&
Нодирбек жовлиев
29/04/2020 15:22
Бу кетишда жч жасур жалрлиддиновгаям армон бӯлади