O‘zbekiston MTJning Falastinga qarshi o‘yin oldidan yig‘inga chaqirilgan tarkibi ma’lum

  • 22 avgust, 2019, 11:05
  • Bekzod Isayev
  • 11
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, sentyabr oyida jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Tecno

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi. 

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig‘inga kirishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu yig‘inga 24 nafar futbolchi jalb etildi:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”),  Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”). 

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

45fd6b238d4c80bb605f241ad776c4699bbe9187

Ta’kidlash joiz, 28 avgustdan yig‘inga kirishadigan terma jamoamiz Toshkentda 3 sentyabrga qadar mashg‘ulotlar olib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murod Panjiev
22/08/2019 17:33
Мтж уйинчиларини 90 фоизи пахта локодан нима бошка жамоаларда яхши уйинчилар йукмикан Ислом билан Анзурни умуман кераги йук эди
Husan Sodiqov
22/08/2019 11:30
Zoteev,Xoshimov,Sayfiyev kerak emas terma jamoaga
Шерзод Кушшаев
22/08/2019 11:28
Азиз ганиевни олгани яхши булибди.
Davron Jenjayev
22/08/2019 11:11
Xumoynniam chaqìrshckerak edi
Umid Boribaev
24/08/2019 10:45
Sayfiyev hujumkor rosa kerak .. Zoteyev. Menimcha oshikcha
Дилшод Даврлнов
22/08/2019 21:18
Сиз фудболчиларимзга омад факат олга
Javli Ruzimuradov
22/08/2019 14:00
Узбек футболи учун Зотиев, Хошимов ва Сайфиевлар МТЖ уйинчилари даражасига етгани йук
Javli Ruzimuradov
22/08/2019 13:57
Zoteev,Xoshimov,Sayfiyev kerak emas terma jamoaga
Javli Ruzimuradov
22/08/2019 13:57
Zoteev,Xoshimov,Sayfiyev kerak emas terma jamoaga
&
Оятилло
22/08/2019 11:24
МТК омад
&
Surxon turon
22/08/2019 11:07
Марат бабаян йӯқку ураа ислом бабаниям опташланглар илтимос