O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi

  • 08.12.2019 18:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlab “Bunyodkor kubogi” xalqaro musobaqasi tashkil etildi.

Qiziqarli tarzda kechgan musobaqa bugun yakunlandi. Unda Azamat Abduraimov ustozligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Guruh bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yarim finalda Andijon futbol akademiyasini mag‘lub etgan edi. Bugun final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda o‘smirlar terma jamoamizga “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchilari raqiblik qildi. Shiddatli ruhda o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi kichik hisobda g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi – “Lokomotiv” 1:0

Gol: Iskandar Soliev.

O‘zbekiston o‘.t.j.: Umar Rustamov, Boburjon Abdusalomov, Aziz Toshpo‘latxonov, Abdulloh Omonaliev, Behruz Mahmudov, Murodjon Komilov, Muhammadali O‘rinboev, Shahzod Imomov, Danila Ni, Ziyod Hamzaev, Iskandar Soliev.

Zaxira: Dilrux Aliev, Niyorbek Rajabaliev, Dilmurod Dadajonov, Diyor Rashidov, Alisher Mo‘minov, Rovshan Xayrullaev, Husan Umrzoqov, Aziz Iskanov, Isroil Tursunboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!