O‘zbekiston Pro-ligasi. "Turon" uchinchi o‘yinda ham "Xorazm"ni enga olmadi
Pro-liga 20-turidan o‘rin olgan "Xorazm" - "Turon" bahsi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Marchiano dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Ibragimov nomiga qayd etildi.
E’tiborlisi, "Turon" Pro-ligada uchinchi bor xorazmliklar bilan kuch sinashdi va ularning birortasida g‘alaba qozona olmadi - 1 durang va 2 mag‘lubiyat.
Shu tariqa, xorazmliklar hisobidagi ochkolari sonini 31 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular 4-o‘rinni band etgan. 39 ochkosi bor "Turon" "A" jadvalda 2-pog‘onada bormoqda.



Fikrlar