O'zbekiston Rossiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazmasligi ma'lum bo'ldi
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov terma jamoamizning Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmayotganini aytdi.
Ermatov jurnalistlarning Rossiyaga qarshi uchrashuv haqidagi savoliga; "Yo‘q ko‘rib chiqilmayapti", - deb javob berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan musobaqada vakillarimiz Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhning so‘ngi jamoasi esa Yangi Kaledoniya, Yamayka va Kongo DR jamoalari ishtirok etadigan pley-off o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi.
2026 yilda FIFA taqvimida 10 o‘yin o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Terma jamoalar mart, iyun va noyabr oylarida ikkitadan o‘yin o‘tkazishi mumkin. 21 sentabrdan 6 oktabrgacha bo‘lgan davrda jamoalar 4 ta uchrashuvda maydonga tushishiga ruxsat berilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Rossiya bilan 1 marta to‘qnash kelgan va o‘shanda o‘yin nursiz durang bilan yakunlangan edi.
Fikrlar