
O‘zbekiston Superligasi. Saitov gol urgan o‘yinlarda "ajdarlar" hali ochko yo‘qotmagan
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona va chiroyli gol muallifi Dilshod Saitov bo‘ldi. E’tiborlisi, u gol urgan o‘yinlarda qarshiliklar hali Superligada ochko yo‘qotmagan.
Qizig‘i, mazkur o‘yinlarda hatto "ajdarlar" gol ham o‘tkazib yubormagan. Dilshod ilk golini 5:0 hisobida g‘alaba bilan yakunlangan "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda kiritgan.
So‘ngra, "Dinamo" mahv etilgan (4:0) o‘yinda u o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan. Uchinchi goli esa bugunga to‘g‘ri kelmoqda va yana gol o‘tkazilmagan holdagi g‘alaba - 1:0.
Fikrlar