O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Lyuksemburgni engdi – 12:1

CHERY AUTO

Tailandning Bangkok shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionati III divizionida qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi munosib natijalarni qayd etmoqda.

Tecno

Kecha o‘tkazilgan guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida hamyurtlarimiz Lyuksemburg jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O‘zbekiston terma jamoasining to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yinda vakillarimiz raqiblarini 12:1 hisobida mag‘lub etdi.

Jahon chempionatining dastlabki uchrashuvida Janubiy Afrika Respublikasini 12:0 ko‘rinishida enggan hamyurtlarimiz 3 mart kuni bo‘ladigan o‘yinda Turkmaniston jamoasi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, ilk bor jahon chempionati III divizionida qatnashayotgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi Lyuksemburg, JAR, Turkmaniston, Bosniya va Gertsegovina, Tailand jamoalari bilan “B” guruhidan joy olgan.

Musobaqalar 6 martga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!