O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Turkiyada oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi

  • 11.01.2026 21:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi hozirda Turkiyada o‘quv-yiğin mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar doirasida Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi jamoa Turkiya U-19 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘zbekiston jamoasi tomonidan esa Abraev va Shoraxmedov o‘z hisobiga gol urdi.

Ma’lumot uchun, ikki jamoa o‘rtasidagi ikkinchi bahs 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!