O‘zbekiston U-23 - Eron U-23 1:0 (video)
Avval xabar berganimizdek Tokio-2020 saralash bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (OTJ) bugun Olmaliq shahrida Eron OTJga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur bahsda kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi yagona golga 57-daqiqada Jasur Yaxshiboev mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar