O‘zbekiston xalqaro turnirdagi yurishini Saudiyaga mag‘lubiyat bilan boshladi

  • 23 mart, 2022, 20:30
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.

Bugun vakillarimiz musobaqadagi yurishini Saudiya Arabistoni sharafini himoya qilayotgan tengdoshlariga qarshi o‘yin bilan boshladi. Uchrashuv "sahro lochinlari"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikki gol Abdulloh Hamdan tomonidan birinchi bo‘limda kiritildi.

Ma’lumot uchun, bosh murabbiy Temur Kapadze quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirdi:

Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliev, Shahzod Toirov, Saidazamat Mirsaidov, Doston Tursunov, Abubakir-rizo Turdaliev, Muhammadaziz Ibrohimov, Jasurbek Jaloliddinov, Otabek Jo‘raqoziev, Ulug‘bek Hoshimov, Husain Norchaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
909933784 Yakubov G'
23/03/2022 22:29
Doimgidek kasallik, to'p kelishi bn orqaga jonholatda o'zatish.Lekin, bu safar buni ham eplay olmadi. Ha hech qisi yo'q kelib choyxona oshidan bir Lagan esa o'tib ketadi