"O‘zbekiston yana bir xalqaro musobaqa finaliga mezbonlik qilishi mumkin" - Diyor Imomxo‘jaev

  • 20 iyun, 2022, 14:37
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi 24-30 iyun kunlari OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev "bo‘rilar"ning ishtiroki bizga finalni taqdim etishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tecno

"Agar "So‘g‘diyona"ga ham "Nasaf"ning yo‘lini berib, Jizzax klubi finalga qadar boradigan bo‘lsa, final uchrashuviga bu yil bizning zona mezbonlik qiladi. Demak, agar "So‘g‘diyona" finalda o‘ynasa, OFK kubogining finali O‘zbekistonda o‘tadi.

2011 yilda O‘zbekiston OFK kubogining finaliga mezbonlik qilgan va unda "Nasaf" Qarshida "Al-Kuvayt"ni 2:1 hisobida taslim qilishga erishgan.

2021 yilda ham "Nasaf" finalga qadar etib bordi, ammo bu yildan farqli o‘laroq o‘tgan mavsum OFK kubogining finaliga Bahrayn mezbonlik qildi va unda "ajdarlar" Bahraynning "Al-Muharraq" klubiga engildi — 0:3".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/06/2022 15:02
Bemolo bulmasa tayorgarlik kuraverish kerak. Sugdiyona bemolol fenalgacha borsa kerak. unchalik kuchli kamandala tushmaganki guruhiga ham. keyin Sugdiyonani zagirasi ham yahshiki fenal Uzbekistonga bulsa. qaysi Sugdiyona poliyasiga bulmaslegi aniq. talabka uzimizga javob bermaydi OFK umuman javob bermasa kerak. yo Loka Nasaf utkazsa yahshi bulardi Namangan Pahtakor Bunyotkor. bula. oldi uyinlarni