
O‘zbekiston yoshlari Ummon termasini ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlariga Ummon U-20 termasi raqiblik qildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda jamoamiz 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Umarali Rahmonaliev va Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarimiz musobaqada "A" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda termamizga Indoneziya, Iroq hamda Suriya jamoalari raqiblik qiladi.
Fikrlar