O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatlari tarixida SSSR va Rossiyadan o‘zib ketdi

  • 05.07.2026 04:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ilgiz Tantashev Jahon chempionati doirasidagi uchinchi uchrashuvini boshqardi.

Shu tariqa, Oʻzbekistonlik ikki hakam — Ravshan Ermatov va Ilgiz Tantashev hisobida Jahon chempionatlarida jami 14 ta boshqarilgan uchrashuv mavjud. Buning 11 tasi Ermatov hissasiga toʻgʻri kelsa, Tantashev endi bu koʻrsatkichga yana 3 ta oʻyin qoʻshdi.

Bu natija SSSR va Rossiya hakamlarining Jahon chempionatlaridagi umumiy koʻrsatkichidan ham yuqori hisoblanadi.

1958–1990 yillar oraligʻida olti nafar sovet hakami sakkizta mundialda jami 13 ta oʻyinni boshqargan. Ularning eng katta hissasi Nikolay Latishevga tegishli boʻlib, u 1958 va 1962 yildgi mundiallarda olti uchrashuvda ishlagan hamda Chilida oʻtgan Jahon chempionati finalini ham boshqargan.

Taniqli hakam Tofiq Bahramov esa ikki mundialda ikki uchrashuvni boshqargan. U, shuningdek, 1966 yildgi finalda yon hakam sifatidagi faoliyati bilan ham tarixda qolgan. Pavel Kazakov 1970 yildgi mundialda ikki oʻyinda ishlagan.

Shundan keyin sovet hakamlarining Jahon chempionatlaridagi muvaffaqiyatli davri yakunlangan. Miroslav Stupar 1982 yildgi mundialda Fransiya — Quvayt uchrashuvini boshargan boʻlsa, Valeriy Butenko va Aleksey Spirin mos ravishda 1986 va 1990 yildgi mundiallarda bitta-dan oʻyinda hakamlik qilgan.

Rossiyalik hakamlar esa uch nafar boʻlib, uchta mundialda jami 5 ta uchrashuvni boshqarishgan. Valentin Ivanov 2006 yildgi mundialda uchta oʻyinda ishlagan, Nikolay Levnikov (1998) va Sergey Karasyov (2018) esa bitta-dan bahsni boshargan.

Shunday qilib, Ravshan Ermatov va Ilgiz Tantashevning 14 ta oʻyinlik natijasi Jahon chempionatlari tarixida Oʻzbekiston hakamlik maktabi uchun yana bir muhim rekord sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!