O'zbekistonlik shaxmatchilar Ispaniyadagi nufuzli turnirda qatnashmoqda
Ayni kunlarda Ispaniyaning Alikante shahrida 10-San Visente del Raspig haftaligi 2026 xalqaro shaxmat ochiq turniri bo‘lib o‘tmoqda. Turnir "A" va "V" guruhlarda o‘tkazilayapti va unda bir necha o‘zbekistonlik shaxmatchi qatnashmoqda.
Saidakabar Saydaliev, Asilbek va Asadbek Abdulazizov, Asmina Abdulazizova, Javlon Mardonov, Muzaffar Abdurasulov, Nodirabegim Baxtiyorova, Kamrobek Baxtiyorov, Axadhon Kimsanboev, Saidxon Ashikmamutov, Rustam Abdusaitov, Sherali Ravshanovlar musobaqada yurtimiz nomidan ishtirok etishi kutilgandi.
Biroq ulardan besh nafari - Madraimov Xudoyor, Ashikmamutov Saidxon, Abdulazizov Asadbek, Abdulazizov Asilbek va Abdulazizova Asminalar hozirda ishtirok etmoqda. Musobaqa turi shvetsarcha bo‘lib, 9 raunddan iborat. Vaqt nazorat 90 daqiqa + har yurishga 30 soniya.
O‘zbekiston shaxmatchilari — bu nafaqat sportchilar, balki bizning intellektual va madaniy g‘ururimizdir. Ularning har bir yurishi mantiq, strategiya va ijodning uyg‘unlashgan namunasidir. Milliy maydonda va xalqaro arenada ko‘rsatgan muvaffaqiyatlari orqali ular butun xalqimizga ilhom bag‘ishlaydi.
Ushbu musobaqa ham har bir shaxmatchimiz uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
Fikrlar